Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
85
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...
4122025-06-01 16:18

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748776555721.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748776566915.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748776571407.jpg
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan investorlarni qabul qildi. Kunchiqar yurt ishbilarmonlari Chinori Tokita va Satoshi Nagata bilan o‘tgan muloqotda qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya tajribasini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, guruch, paxta va poliz mahsulotlarini etishtirishda suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, suvni “aqlli” boshqarish, sun‘iy yo‘ldosh monitoringi orqali ekinlar va daraxtlarning o‘sishi hamda rivojlanishini kuzatib borish, bu orqali suv va o‘g‘itlar sarfini tejashga erishish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, paxtani qayta ishlash, ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda tayyor tekstilь mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda uni tashqi bozorlarga eksport qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi. Yaponiyalik ishbilarmonlar Farg‘ona viloyatiga investisiya kiritishga katta qiziqish bildirayotgani ta‘kidlandi. Viloyat hokimi bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini ma‘lum qildi. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Uchrashuvda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo‘raboev ham ishtirok etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz