Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
87
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1332025-06-04 17:16

O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikning o‘ziga xos jihatlari.

https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1749039356219.jpg
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashish sohasida mavjud qonunchilik asoslari, ularning xalqaro me‘yorlar bilan uyg‘unligi, shuningdek, amaliyotda kuzatilayotgan muammolar va takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Muallif mamlakatimiz qonunchiligining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilib, taklif va xulosalar beradi. Kalit so‘zlar: odam savdosi, jinoyat, ekspluatatsiya, qonunchilik, himoya, jinoyat kodeksi, jabrlanuvchi, xalqaro standartlar. Kirish. Bugungi kunda global muammolardan biri bo‘lgan odam savdosi inson huquqlari, erkinliklari va sha‘niga qarshi sodir etiladigan og‘ir jinoyat turi hisoblanadi. O‘zbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi izchil choralar ko‘rmoqda. Davlatimiz bu borada mustaqil va kompleks yondashuv asosida qonunchilik asoslarini yaratdi va ularni amaliyotda tatbiq etmoqda. Asosiy qism. O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (2008-yil 17-aprel) odam savdosining huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunda odam savdosining quyidagi shakllari aniqlanadi, jumladan, ekspluatatsiya maqsadida odamlarni yollash, tashish, yashirish yoki qabul qilish; majburiy mehnat, fohishalik, organlarining noqonuniy transplantatsiyasi va boshqa shakllarda ekspluatatsiya qilish. Qonunda davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining va xalqaro tashkilotlarning ushbu sohadagi hamkorlik mexanizmlari bayon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi odam savdosini jinoyat deb belgilaydi va unga qarshi qat‘iy jazolar ko‘zda tutilib, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan 3 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan. Shu bilan birga, jabrlanuvchining voyaga etmaganligi, xavfli usulda amalga oshirilishi yoki takroriy holatda sodir etilishi jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar sifatida ko‘riladi. Bugungi kunda mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, jamiyatda ushbu toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashish va barvaq oltini olish maqsadida quyidagi institutlar faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha reabilitatsiya markazlari va huquqiy maslahat xizmatlari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston BMTning Odam savdosi va ayollarning ekspluatatsiyasiga qarshi konvensiyalari, shuningdek, Palermo Protokolini ratifikatsiya qilinib, shu orqali milliy qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilgan. Xulosa o‘rnida shuni takidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashish borasida mustahkam huquqiy baza shakllangan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida qonunlarning ijrosi, amaliyotdagi muammolar, profilaktika choralari, jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligini oshirish dolzarb masalalarda o‘zida namayon bo‘ladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi sudьyasi E.S.Nomozov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz