Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
94
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...
452025-06-20 09:36

Quva tumanida aholi muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1750394176259.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1750394176273.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1750394176547.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1750394176553.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1750394176567.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150800/news/news_1750394176546.jpg
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijadorligini ta‘minlash, hududlardagi ishlar holati va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalarga echim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joylarda amaliy ishlar jadal davom ettirilmoqda. Shu doirada Prezident Administrasiyasi, vazirliklar va idoralardan iborat ishchi guruh vakillari Quva tumanida ham faoliyat olib bormoqda. Xususan, Quva tumani tibbiyot texnikumi binosida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari tashkil etildi. Tibbiy ko‘riklar orqali fuqarolarning sog‘liq holati atroflicha tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan zarur yo‘llanmalar va tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda turli tashkilot va korxonalar ishtirok etib, ish izlovchi fuqarolarga munosib ish o‘rinlari taklif qilindi. Bu esa aholining bandligini ta‘minlashga xizmat qilmoqda. Qolaversa, Quva tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholiga huquqiy maslahatlar berildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan bevosita mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Davlat xizmatlari markazi tomonidan esa aholiga zaruriy davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Turli hujjatlarni rasmiylashtirish, ariza va murojaatlarni qabul qilish, elektron xizmatlardan foydalanishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Ushbu tadbirlar mahalliy aholi uchun juda muhim va zarur bo‘lib, ularni o‘ylantirayotgan muammolarga echim topishda, sog‘lig‘ini tiklashda, ishga joylashishda va huquqiy himoyasini ta‘minlashda keng imkoniyat yaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz