Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVA TUMANIDA 150 O’RINLI NODAVLAT MAKTAGACHA TA'LIM TASHKILOTI OCHILDI

×

 2021-10-22 11:45:58    493

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumanida 150 o’rinli nodavlat maktagacha ta'lim tashkiloti ochildi

 

Quva tumani Turk maxalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi aholining bugun quvonchi cheksiz. Sababi hududdagi bo’sh turgan bino inshootida tadbirkor Minojatxon Xolmirzayeva tomonidan yangi, zamonaviy, 150 o’rinli “Temurbeklar” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

 

Bog’chada barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, alohida ovqatlanish xonasi, sport zali va raqs zali ham tashkil etilgan.

 

Maskanda ta'lim-tarbiya jaryoni ilg’or xorijiy tajribalar asosida olib boriladi. Rus, ingliz tillari chuqur o’rgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, raqs to’garaklarida malakali mutaxassislar mashg’ulot o’tishi ko’zda tutilgan.

 

Shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta'minlangan o’quv xonalari, o’yin attraktsionlari, jonli burchak barchasi bolajonlar ixtiyorida.

 

Muxtasar aytganda, bolalarning har tomonlama yetuk inson bo’lib ulg’ayishlari uchun muassasada barcha imkoniyatlar yaratilgan.

 

Ta'lim muassasasining ochilish marosimida tadbirkor tomonidan hududdagi 2 nafar kam ta'minlangan ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to’ylari ham milliy an'ana va urf odatlar asosida ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. To’y bolalar va ularning ota-onalari esdalik sovg’alari va sarbolar sovg’a qilindi.

 

O’tkazilgan tantanali tadbirda tuman hokimi X.Umarov, sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar, mahalla faollari va oqsaqollari ishtirok etdilar. Tadbir davomida so’zga chiqqanlar tumanimizda bunday bunyodkorlik va xayrli ishlar bardavom bo’lishligini tiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube