Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A'ZOLARINI HUDUDLARDA!
2021-05-06 16:28:33 629
Mamlakatimizda aholi turmush tarzini yaxshilash, mamlakat iqtisodiyotini yanada mustahkamlash, aholi farofonligini oshirish yuzasidan qabul qilingan Qonun, qaror hamda Farmonlarning ijrosini ta'minlanishi ustidan deputatlik nazoratlari o’rnatilib, doimiy o’rganishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 6 may kuni Quva tuman hokimligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvdan ham ko’zlangan maqsad Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o’rnatish hamda “Xalqparvar” komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, Mintaqaviy yo’llarni rivojlantirish uchun yoqilg’i birligidan undiriladigan maxsus yig’imni belgilash, uni to’lash va hisobini yuritish tartibi to’g’risida”gi Kengash qarori ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli qarori bilan tumanlar byudjetlari mablag’larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo’naltirish ustidan nazoratni tashkil etilganligiga qaratildi.
Dastlab tumandagi sektor rahbarlari, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida yuqoridagi masalalarning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultonov hamda Xalq depututlari viloyat Kengashi doimiy komissiya raisi D.Qosimovalar ishtirok etdilar. Shundan so’ng Senatorlar hamda tuman kengashi qoshidagi “Xalqparvar” komissiyasi a'zolari ishtirokida mas'ullardan har bir savollik bo’yicha asoslantirilgan ma'lumotlar olindi va umumlashtirildi. Shuningdek uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli qarori mazmun-mohiyati tuman moliya bo’limi rahbari tomonidan tushuntirib berildi. Uchrashuv davomida mas'ullarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube