Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLAT XIZMATCHILARI MOBIL XIZMATLAR DOIRASIDA “RASTA”GACHA KIRIB BORMOQDA
2021-06-25 13:17:26 618
Gap shundaki, davlatimiz rahbarining 2019 yil 9 yanvar kungi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingan. Ushbu Farmon bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasi qabul qilinib, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullari, jumladan, «Advice.uz» (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali yaratilib bugungi kunda aholiga turli huquqiy masalalar bo’yicha bepul onlayn huquqiy maslahat olish imkoni yaratilgan.
Shuningdek, fuqarolarga huquqiy masalalar bo’yicha birlamchi bepul yuridik yordam ko’rsatuvchi «Madad» nodavlat notijorat muassasasi va uning joylardagi hududiy byurolari tashkil etilib aholining huquqiy maslahatlar olishiga qulaylik yaratilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish va tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida joyga chiqqan holda aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga tadbirkorlik sohasidagi yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmu mohiyati tushuntirildi hamda bepul huquqiy maslahat va yuridik yordam olish bo’yicha yaratilgan platformalar to’g’risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube