Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVADA «SHARAF LENTASI» TARG’IBOT AKTSIYASI O’TKAZILDI.

×

 2021-05-08 19:39:02    630

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumanida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan «Sharaf lentasi» targ’ibot aktsiyasi o’tkazildi.

9 may – «Xotira va qadrlash kuni» hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G’alabaning 76 yilligi oldidan o’tkazilgan tadbirda yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqdalar.

Mazkur tadbir yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarda tariximizga, bugungi baxtli hayotimiz uchun kurashgan, mehnat qilgan marxum ajdodlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom tuyg’ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Biz yoshlar, bugungi tinch va farovon hayotimiz uchun duogo’y keksalarimiz, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga har qancha ehtirom ko’rsatsak kamlik qiladi.

Aktsiya ishtirokchilari Quva tumanining markaziy ko’chlarida, korxona va tashkilotlarda ommaviy tarzda yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g’alabaning 76 yilligi bilan tabriklab, ko’kraklariga O’zbekiston Respublikasi bayrog’i aks etgan lentalar taqib chiqdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube