Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SEKTOR RAHBARLARINING NAVBATDAGI KUNLIK “SAYYOR QABULI” NAYMAN MAXALLA FUQAROLAR YIG’INIDA BO’LIB O’TDI.

×

 2021-07-29 18:55:54    588

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23 iyul kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Quva tumanida sektor rahbarlari tomonidan aholi murojaatlarini aniqlash va hal etish choralarini ko’rish maqsadida joylarda kunlik “Sayyor qabul”lar o’tkazilib kelinmoqda.

Bugun sektor rahbarlari boshchiligida maxalla fuqarolar yig’inlari raislari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilot rahbarlari tumandagi Nayman maxalla fuqarolar yig’inidagi 38-umumiy o’rta ta'lim maktabi binosida aholi vakillari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o’rgandilar.

Tumandagi 135 nafardan ortiq fuqarolar sektor rahbarlariga ichimlik suvi, elektr ta'minoti, ichki yo’llarni asfaltlashtirish, moddiy yordam, imtiyozli kredit olish, tibbiy hizmat, ta'lim, tadbirkorlik va boshqa bir qator masalalar bo’yicha murojaat qildilar.

Aholi tomonidan ko’tarilgan muammolarning 68 tasiga tegishli mas'ullarni jalb etgan holda joyida yechim topilgan bo’lsa, 32 ta holatda murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. Bildirilgan murojaatlarning 35 tasi o’rganish uchun vaqt talab etganligi sababli tegishli mas'ullarga ushbu marojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish choralarini ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube