Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


2021 YILDA UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA OLADIGAN ILK FUQAROLAR ANIQLANDI.

×

 2021-04-22 01:11:09    707

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo’lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lgan oilalar, og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko’maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo’lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo’lganlarga ipoteka krediti bo’yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga subsidiyalar to’lanishi belgilangan.

Bunga asosan Quva tumanida tuzilgan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to’lanadigan talabgorlarni tanlash bo’yicha komissiya tomonidan joriy yilning 20 aprel kuni bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilishida 2021 yil uchun ajratilgan uy-joy uchun beriladigan subsidiyalarni oladigan ilk fuqarolar aniqlab olindi va ularga uy-joy sotib olish uchun subsidiya xabarnomalari topshirildi. Komissiya yig’ilish ochiqlik va shaffoflik tarzida o’tishi uchun Davlat hizmatlari markazi tomonidan ariza topshirgan barcha fuqarolar ishtirok etdi hamda fuqarolarning o’zining ishtirokida ko’rib chiqildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube