Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"USTOZIMNI ULUG’LAYMAN"

×

 2021-05-06 21:05:11    559

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quva tumani sektor rahbarlari tashabbusi bilan "Maktabimni eslab" ijtimoiy loyihasi asosida tumandagi 25- maktabida 9 may — "Xotira va qadrlash kuni " munosabati bilan "Ustozimni ulug’layman" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda maktabni bitirib, hozirda jamiyatning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan sobiq o’quvchilar mehmon sifatida qatnashdilar.

Ular ustozlar bilan kechgan qiziq, esda qolarli xotiralarni yodga oldilar. Shu bilan birga, shogirdlar o’zi erishgan yutuqlarida ustozlarning o’rni naqadar beqiyos ekanligini alohida ta'kidladilar. Hozirgi erishgan nufuzlari, mavqelari uchun ustozlarga tashakkurlar aytdilar.

Bir so’z bilan aytganda, tadbir uch avlod uchrashuvini yodga soldi. Unda ustoz, sobik o’quvchi va bugungi o’quvchi yuzma-yuz bo’ldi.
O’quvchilar qalbida kelajakka ishonch, ezgulikka intilish hissi paydo bo’ldi.

Bundan tashqari, shu maktabda faoliyat ko’rsatgan marhum ustozlar ham yodga olindi. Ular bilan bog’liq shirin xotiralar eslandi.
Umid qilamizki, bunday tadbirlar ustoz qalbida kasbga sadoqat, shogird qalbida ustozga mehr-muhabbat tuyg’usi shakllanishiga sabab bo’ladi.

Farg’ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube