Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QUVADA YANA BIR MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-06-29 23:02:33    599

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda bo’lgani kabi maktabgacha ta'lim tizimiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalarining soni sifatining yildan-yilga oshib borayotgani ham buning yorqin misolidir.

Joriy yilning 29 iyul kuni Quva tumanida ham yana bir 58-davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tantanali ravishda tashkil etilgan ochilish marosimida Quva tumani hokimi X.Umarov, tuman prokurori O.Toshmatov, tuman hokimi o’rinbosari M.Turimov, tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri D.Xolbekova, ota-onalar va tumandagi boshqa maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida tuman hokimi X.Umarov so’zga chiqib, bugungi tantana bilan yig’ilganlarni muborakbod etdi hamda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar natijasida bugungi kunda tumanimizda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonining ortib borayotganligini alohida ta'kidlab o’tdi.

Tantanali tadbir davomida bolajonlar ishtirokida tayorlargan ajoyib kuy-qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga birdek manzur bo’ldi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube