Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


DAVLAT HIZMATLARI MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.

×

 2021-08-27 10:48:37    863

PDF yuklash
Chop etish


To’yga to’yona deganlaridek, mustqilligimizning 30 yillik shodiyonalari davomida Quvaliklarga butunlay yangidan barpo etilgan zamonaviy ko’rinishga ega davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi. Yangi davlat xizmatlari markazi binosi zamon talablari va halqaro me'yorlarga mos holda bunyod etilgan. Fuqaroning navbatga turish vaqtini mazmunli tashkillash maqsadida kutish zaliga alohida e'tibor bilan yondashilgan. Elektron navbat, infokiosk, kutish zali tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchi har bir mijoz infolend orqali ko’rsatiladigan barcha xizmatlar haqida to’liq axborot oladi. Markazda bir kunda 500 nafardan ortiq fuqarolarga xizmat ko’rsatish imkoniyati mavjud. Xushbichim va o’ziga xos dizayndagi zamonaviy jihozlangan zalda 3 ta monitorda 150 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan ma'lumotlar markazga keluvchi fuqarolar uchun muntazam taqdim etib boriladi.

Farg’ona viloyat hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, Quva tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda tantanali ravishda yangi qurib bitkazilgan davlat xizmatlari markazini tuman ahli ixtiyoriga topshirdilar. Tantanali ochilish marosimida rasmiylar bilan birgalikda nuroniylar, mahalla faollari, ibratli yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Quva tuman Davlat xizmatlari markazining xushbichim zamonaviy yangi binosining aholi ihtiyoriga topshirilishi quvalik yurtdoshlarimizga istiqlolimizning 30 yilligi arafasida o’ziga xos tarixiy sovg’a bo’ldi.

Ma'lumot o’rnida aytish mumkinki, Quva  tumani Farg’ona viloyatida aholi eng zich joylashgan tuman sanaladi. Hudud   1939 yilda tashkil etilgan. Hududda  264 ming aholi istiqomat qiladi. Ayni kunlarda tumanda 1746 ta tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat ko’rsatmoqda. 2021 yilning 6 oyi  davomida esa 278 dan ortiq yangi kichik biznes sub'ektlari tashkil etildi. Bu holat tumanda joriy yil shu davrida  560 ga yaqin yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatini berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube