Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’G’RLIK UZOQQA CHO’ZILMADI
2021-08-28 08:30:17 647
Farg’ona shahrida yashovchi Yusupov Xabibullo, bir necha marotaba sudlanib, halol pulga qanoat qilmay qo’ydi, uy-joyga yoki boshqa binoga g’ayriqonuniy ravishda kirib, o’zganing mol-mulkni yashirin ravishda talon-toroj qilishni maqsad qildi.
Jumladan, 2020 yil 1 noyabrdan 2 noyabrga o’tar kechasi sudlanuvchi Yusupov Xabibullo xavfli retsidivist bo’lgani holda, takroran, o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, R.Alikulovaning “Spark” rusumli, 40 Z 590 YEA davlat raqamli avtomashinasida Buvayda tumani, Poshopirim qishlog’iga kelib, jabrlanuvchi Q.Madatovning “Akfa” deraza va eshik romlari yasash ustaxonasi derazasini buzib ochib, g’ayri qonuniy ravishda kirib, narxi 5.000.000 so’mlik akfa kesuvchi dastgohni,3 dona narxi 1.080.000 so’mlik drellarni, jami 6.080.000 so’mlik uskunalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlarida, S.Meliboyevdan jabrlanuvchi Q.Madatovga tegishli bo’lgan bir dona “drel” ashyoviy dalil tariqasida olinib, egasiga qaytarilgan.
Bundan tashqari, 2020 yil 20 noyabrdan 21 noyabrga o’tar kechasi sudlanuvchi Yusupov Xabibullo xavfli retsidivist bo’lgani holda, takroran, o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, R.Alikulovaning “Spark” rusumli, 40 Z 590 YEA davlat raqamli avtomashinasida Buvayda tumani, Bo’stonbuva qishlog’iga kelib, jabrlanuvchi G’.Mirzakamolovning deraza va eshik romlari yasash ustaxonasi derazasidan g’ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 5.000.000 so’mlik yog’och kesish dastgohi (tortsovka), narxi 1.200.000 so’mlik yog’ochga gul chizish uskunasi, bir dona narxi 800.000 so’mlik elektr charhni, narxi 700.000 so’mlik “drel”ni, jami 7.700.000 so’mlikuskunalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlarida, S.Meliboyevdan jabrlanuvchi G’.Mirzakamolovga tegishli bo’lgan bir dona “drel” ashyoviy dalil tariqasida olinib, egasiga qaytarilgan.
Bundan tashqari, 2020 yil 27 noyabrdan 28 noyabrga o’tar kechasi sudlanuvchi Yusupov Xabibullo xavfli retsidivist bo’lgani holda, takroran, o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Quva tumani, “Akbarobod” MFY, Oltiariq ko’chasidagi A.Olimovning savdo do’koniga eshik orqali g’ayriqonuniy tarzda kirib, savdo do’konidan narxi 1.000.000 so’mlik “Toshiba” nomli televizorni, narxi 2.000.000 so’mlik “Sanon” rusumli printerni, narxi 1.000.000 so’mlik “noutbuk”niva 600.000 so’mlik oziq-ovqatlarni,jami 4.600.000 so’mlik mulklarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlarida, B.Tursunaliyevadan jabrlanuvchi A.Olimovga tegishli bo’lgan “Toshiba” nomli televizor ashyoviy dalil tariqasida olinib, egasiga qaytarilgan.
Bundan tashqari, 2020 yil 1 dekabrdan 2 dekabrga o’tar kechasi sudlanuvchi Yusupov Xabibullo xavfli retsidivist bo’lgani holda, takroran, o’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, R.Alikulovaning “Spark” rusumli, 40 Z 590 YEA davlat raqamli avtomashinasida Buvayda tumani, Oqqo’rg’on qishlog’iga kelib, jabrlanuvchi D.Abduraxmonovning “Akfa” deraza va eshik romlari yasash ustaxonasi derazasini buzib, g’ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 4.200.000 so’mlik akfa kesuvchi dastgohni, narxi 300.000 so’mlik “drel”ni jami 4.500.000 so’mlikuskunalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlarida, S.Meliboyevdan jabrlanuvchi Q.Madatovga tegishli bo’lgan bir dona “drel” ashyoviy dalil tariqasida olinib, egasiga qaytarilgan.
Mazkur jinoyat ishi 2021 yil 25 iyun kuni jinoyat ishlari bo’yicha Quva tuman sudi tomonidan mazmunan ko’rib chiqilib, X.Yusupov O’zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilindi.
Z.Omonov
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube