Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


OG’UFURUSHLAR

×

 2021-08-28 08:32:58    620

PDF yuklash
Chop etish


Marxamat tumanida yashovchi Xojimatov Sardorbek va Sultonov Dostonbek, Qirg’iziston Respublikasida yashovchi “Shavkat” ismli shaxs  chegaradan olib o’tgan 500 gramm gashish giyohvandlik vositasini o’zlarini o’zaro kelishuvga ko’ra, Andijon viloyati Marhamat tumani Rohat MFYda joylashgan qabriston hududiga yashirib qo’ygan.

Ushbu yashirilgan giyohvandlik vositasini D.Sultonov olib,  500 AQSh dollari evaziga S.Xojimatov belgilagan manzil ya'ni, Quva tumani “Ulfatlar” choyxonasida maxsus xaridorga 451 gramm "Gashish" giyohvandlik vositasini 5.000 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi 2021 yil 9 iyun kuni jinoyat ishlari bo’yicha Quva tuman sudi tomonidan mazmunan ko’rib chiqilib, S.Xojimatov va D.Sultonovlar O’zbekiston Respublikasi JK 28,246-moddasi 2-qismi bilan va 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga 8 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilindi.

 

Q.Abdullayev
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tuman sudining sudyasi 
                                   


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube