Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PORA BERUVCHILARGA JAZO TAYINLANDI
2021-08-28 08:35:40 664
Shahrixon tumanida yashovchi Muminov Nizomiddin Quva tumani IIB YHXG inspektori Sh.Qosimovga o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo’lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko’zlab bajarishi evaziga pora bergan, sudlanuvchi Abdurasulov Nuriddin esa pora berishga suiqasd qilgan.
Jumladan, 2021 yil 31 mart kuni soat 0300larda sudlanuvchi N.Muminov boshqaruvidagi “Matiz” rusumli, davlat raqami 60 T 404 QA bo’lgan avtomashinada Quva-Shahrixon avtomobil yo’lida mast holatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo’qotib yo’l chetidagi betonga urilib, yo’l transport hodisasi sodir etgan, hodisa joyi Quva tumani IIB YHXG inspektori Sh.Qosimov tomonidan ko’zdan kechirilib yo’l transport hodisasi chizmasi chizilgan hamda haydovchi mast holatda transport vositasini boshqarganligi sababli unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, “Matiz” avtomashinasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ushbu holat tuman IIB YHXG inspektori Sh.Qosimov tomonidan N.Muminovga nisbatan 2021 yil 31 mart kuni ma'muriy bayonnoma tuzilgan.
Shundan so’ng, 2021 yil 31 mart kuni N.Muminov va N.Abdurasulov tomonidan Sh.Qosimov bilan uchrashib, “Matiz” rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan olib chiqib berishi evaziga 200 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilishgan.
O’tkazilgan tezkor tadbirda, N.Muminov tuman IIB YHXG inspektori Sh.Qosimovga “Matiz” rusumli avtomashinasini jarima maydonchasidan olib chiqib berishi 200 AQSh dollarini pora tariqasida berganda ushlangan.
Mazkur jinoyat ishi 2021 yil 20 may kuni jinoyat ishlari bo’yicha Quva tuman sudi tomonidan mazmunan ko’rib chiqilib, N.Muminov O’zbekiston Respublikasi JK 211-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, N.Abdurasulov JK 28,211-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilindi.
Q.Abdullayev
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quva tuman sudining sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Youtube