Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

×

 2022-04-21 21:34:32    334

PDF yuklash
Chop etish


Kitob — hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i. U kishida ota-onaga mehr-muhabbat, el-yurtga yaqinlik, Vatanga muhabbatni ongu shuurga singdiradi.

 

Mamlakatimizda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish, yangi asarlarni tadqiq etish hamda uni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni bunday asarlardan bahramand etish maqsadida kitob taqdimotlari va ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Tumandagi 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbir ham ana shunday maqsadga qaratildi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zuxraxon Aliyeva, tuman hokimining davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mahmudaxon Botirova, xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi Irodaxon Baxromova, tumandagi yosh iste’dod egalari, umumta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan ushbu tadbirda Quvalik iste’dodli shoir Qosimxon Yo‘ldoshning yangi “Tilloli safar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, she’riy asarlar yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi