Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“LIDER KITOBXON” TANLOVINING NAVBATDAGI BOSQICHI O’TKAZILDI.

×

 2021-04-22 00:09:47    716

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida 20-22 aprel kunlari “Lider kitobxon” tanlovi tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 21 aprel kuni “ Lider kitobxon ” ovining navbatdagi bosqichi sektorlar kesimida 21-25 yoshgacha bo’lgan uyushmagan yoshlar o’rtasida o’tkazildi.

Mazkur ko’rik tanlovda 1-sektor hududidagi 61-umumiy o’rta ta'lim maktabida 8 nafar yoshlar, 2-sektor hududidagi 8-umumiy o’rta ta'lim maktabida 13 nafar yoshlar, 3-sektor hududidagi 59- umumiy o’rta ta'lim maktabida 18 nafar yoshlar va 4-sektor hududidagi axborot-kutubxona markazida 25 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga o’zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ularning asarlaridan tuzilgan 50 tadan testlar taqdim etildi va mazkur test savollarini yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi.

Har bir sektorlarda o’tkazilgan test natijalarini nazorat qilish uchun hakamlar va mutaxassislardan nazoratchilar jalb etildi. Hudud bosqichidan g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Youtube