Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
98
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...
602025-06-30 08:34

Dang‘arada maktabgacha ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087805685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087806880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087808075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087809270.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087811660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087812855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087814050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749087823610.jpg
Dang‘arada maktabgacha ta’lim muassasalari soni yana bittaga ko‘paydi. Dang‘ara tumani Sanam MFY Kunchiboy-qo‘rg‘oncha qishlog‘ida tuman prokurori Akmaljon Boboxonov tashabbusi va homiylar ko‘magida 90 o‘rinli zamonaviy yangi maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tuman hokimligi mas’ullari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning barkamol rivojlanishi va kelajagiga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur bunyodkorlik aholi hamjihatligi va homiylar tashabbuskorligining yorqin namunasi ekani qayd etildi. Ramziy tasma kesilib, ishtirokchilar muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz