O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi
PF-6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Quva tumani hokimligida ““Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tuman hokimligida “Edo.ijro.uz”” tizimida nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi “kunbay” tahlil qilinib borilmoqda.
Har haftaning dushanba kuni tuman hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarini ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlanishi qat’iy nazorat qilinmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida “Edo.ijro.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga taalluqli tashkilot va korxonalarga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan har oyda topshiriqlar ijro holati tanqidiy tahlil qilingan holda ma’lumotnoma va jadvallar tayyorlanib, tuman hokimiga kiritib borilmoqda.
Bajarilmay qolayotgan hamda muddati kelayotgan topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda tuman korxona va tashkilotlar bilan muntazam ravishda muhokama qilinmoqda.
Tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan har oyda tasdiqlangan grafik asosida tuman tashkilot va korxonalarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
2025-yilning 8 oyi davomida tuman hokimi huzurida - 24 ta marotaba, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari - 32 ta marotaba hamda 2 ta xalq deputatlari tuman Kengashi yig‘ilishida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati muhokama qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yilning o‘tgan davri davomida tuman hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi 94 ta hujjutlaridagi (25 ta Farmon, 42 ta qaror, 2 ta farmoyish va 25 ta majlis va tashrif bayonlarida)gi 2132 ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqligi bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlariga, bo‘lim va guruh raxbarlariga ijro uchun yuborilgan.
Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 1 361 tasi bajarilgan, 771 ta topshiriqlarning ijrosi davom etmoqda.
Joriy yilning avgust oyida “Edo.ijro.uz”” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi topshiriqlarda tuman hokimligi mas’ul bo‘lgan 184 ta topshiriqlar bajarilishi belgilangan bo‘lib, ushbu topshiriqlarning barchasining ijrosi ta’minlandi.
Joriy yilning sentyabr oyida “Edo.ijro.uz” tizimida tuman hokimligi mas’ul bo‘lgan 188 ta topshiriqlar bajarilishi belgilangan bo‘lib, mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik va har bir hokim o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tasdiqlangan hamda ijroga qaratilgan.
Sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 188 ta topshiriqlaridan 94 tasining barvaqt ijrosi ta’minlandi hamda qolgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralari ko‘rib borilmoqda.