Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
41
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...
442025-03-26 21:13

Chet el fuqarosi Oʻzbekiston fuqarosi bilan qanday tartibda nikohdan oʻtishi mumkin

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2082891672743770.jpg
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi FHDY organlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohni qayd etish etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan hujjat (davlat tiliga tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim. Nikoh tuzish tartibi va uni rasmiylashtirish uchun belgilangan shartlar respublikamiz fuqarolari bilan bir qatorda chet elliklar uchun ham taalluqlidir. Shunga koʻra, Oila kodeksining 13-17-moddalarida belgilangan normalarga zid va nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud boʻlsa, nikohni qayd etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Masalan, agar chet el fuqarosi nikoh yoshiga etmagan boʻlsa, Oʻzbekiston fuqarosi bilan nikoh munosabatlariga kirishishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoki chet el fuqarosining oʻz Vatanida koʻp nikohlilik taqiqlanmagan va u boshqa nikohda boʻla turib, Oʻzbekiston fuqarosi bilan oila qurish istagida boʻlsa, amaldagi qonunchiligimizga muvofiq bunday nikohga ruxsat etilmaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston fuqarosi bilan chet el fuqarosi oʻrtasida nikoh tuzishga monelik qiluvchi holatlar yoʻqligi FHDY organi xodimlari tomonidan aniqlanadi va buni tasdiqlovchi hujjat talab qilib olinadi. Nikoh shaxsan nikohga kiruvchilarning ishtirokida, ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organga ariza bergan kundan boshlab bir oy oʻtgandan keyin tuziladi. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun berilgan yoʻllanmalar FHDY organlarida nikoh tuzish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida qayd etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Yana bir muhim holat, MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning va Oʻzbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etishda agar ushbu shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy boʻlsagina amalga oshiriladi. M.S.Rasulova Quva tuman FHDY bo`limi 1-toifali inspektori

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz