Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
187
29
Sayt test rejimida ishlamoqda...
142026-02-09 10:18

FARG‘ONALIK ANORCHILAR QISHDA HAM TABIIY MEVA BILAN JAHON BOZORLARIGA CHIQMOQDA

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2115884078898175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2115884078898175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2115884078900565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2115884078901760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2115884078901760.jpg
Farg‘ona viloyatida meva-sabzavotchilik, xususan anor yetishtirish yil sayin yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Quva tumani aholisi so‘nggi yillarda anorchilik bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plab, yuqori va sifatli hosil olishga erishmoqda. Ahamiyatli jihati, yetishtirilgan anorlar qish faslida ham tabiiy usulda saqlanib, tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda. Bugungi kunda Quva tumanida jami 4600 gektar maydonda anor bog‘lari mavjud bo‘lib, shundan 373 ta fermer xo‘jaligi anorchilikka ixtisoslashgan. Shuningdek, 2600 gektar maydon aholi tomonidan parvarishlanadi. Bu esa anorchilik nafaqat fermerlar, balki aholi uchun ham daromad manbaiga aylanganini ko‘rsatadi. 2025-yil yakuniga ko‘ra, tumanda 50 ming tonnaga yaqin anor hosili yetishtirilib, uning 25 ming tonnasi eksportga yo‘naltirildi. Quva anorlari Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH hamda Yevropa davlatlari bozorlarida xaridorgir mahsulot sifatida e’tirof etilmoqda. Tabiiyligi, ta’mi va uzoq saqlanish xususiyati uning raqobatbardoshligini oshirmoqda. Quva tumanidagi Soykeldi mahallasi esa “anorchilar mahallasi” sifatida nom qozongan. Mahalla aholisi 310 gektar yer maydonida anor yetishtirib, uni asosan tabiiy usulda saqlashni yo‘lga qo‘yganla. Qish oylarida ham anor o‘z sifatini yo‘qotmagan holda eksportga chiqarilayotgani mahallaning anorchilikdagi tajribasi samarasidir. Mahallada yashovchi Azamatjon Jalolov 3,5 gektar anor bog‘idan joriy mavsumda 50 tonnadan ziyod hosil oldi. Har yilgidek, hosilning 25 tonnasini o‘z xonadonida tabiiy sharoitda saqlab, eksportga tayyorlamoqda. Quva anorchiligining rivojlanishi nafaqat aholi bandligini ta’minlamoqda, balki eksport salohiyatini oshirish, qishloq joylarda daromad manbalarini kengaytirishga ham xizmat qilmoqda. Tabiiy usulda saqlangan, ekologik toza anorlar Farg‘ona vodiysining brendiga aylanib bormoqda. Daladan eksportgacha bo‘lgan jarayonlarda O‘simliklar karantini va himoyasi Quva tumani bo‘limi fitosanitariya davlat inspektorlarining xizmati katta bo‘lmoqda. Ular tomonidan anor yetishtirish, saqlash, qadoqlash va eksportga tayyorlash jarayonlarida fitosanitar qoidalarga rioya etilishi doimiy nazoratga olinib, mahsulotlarning xalqaro talablar asosida xavfsiz va sifatli holda eksportga chiqarilishi ta’minlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz