Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
165
23
Sayt test rejimida ishlamoqda...
792025-10-17 17:41

Ona tilim – millatim faxru g‘ururi! Quvada “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344251465.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344251465.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344252660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344252660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344252660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344252660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344253855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2104042344253855.jpg
Quva tumani Axborot-kutubxona markazida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Ulug‘bek Solijonov, tuman hokimi maslahatchisi Mahmudaxon Botirova, Farg‘ona davlat universiteti professori, taniqli olim va shoir Siddiqq Mo‘min, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Rustamjon Umurzokov, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zuhraxon Alieva ishtirok etdi. Davra suhbatida ona tilimizning tarixiy ahamiyati, uning milliy g‘urur va ma’naviyatimizning tayanch ustuni ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. TIL – bu millatning yuragi va ruhi ekani, uni pok saqlash va nufuzini yuksaltirish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlandi. Professor Siddiqq Mo‘min o‘z chiqishida ona tilimizda yaratilgan buyuk asarlar, ularning jahon adabiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shoira Zuhraxon Alieva esa ona tiliga bag‘ishlangan she’rlaridan namunalar o‘qib, tadbirga badiiy ruh bag‘ishladi. Suhbat davomida ishtirokchilar yosh avlod ongida ona tiliga mehr va hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, til madaniyatini rivojlantirish borasida o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi. Tadbir yakunida so‘zga chiqqanlar ona tilimizning abadiyligini, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga sof holda yetkazish — bugungi avlodning sharafli vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz