Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
161
23
Sayt test rejimida ishlamoqda...
182025-11-04 11:25

Dala chetlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853110880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853115660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853116855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853118050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853118050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853119245.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2105873853120440.jpg
Quva tumanida "Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va ularni zararli organizmlardan himoya qilish" masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–465-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Mazkur qarorda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga dala chetlaridan oqilona foydalanish, ularda yuqori hosil beradigan ekin turlarini ekish, zararli organizmlardan himoya qilishni joriy etish hamda bu borada hududlarda seminar va treninglar tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Shu maqsadda Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida ochiq maydonlarda ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazilmoqda. Quva tumanida bo‘lib o‘tgan seminarda fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari, bog‘bonlar, ko‘chat yetishtiruvchi dehqonlar, karantin inspektorlari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar. Dastlab, ishtirokchilarga qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, joriy yilda har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va tuproq tarkibi o‘rganilib, monitoring natijalari asosida 2 million tupdan ziyod olcha, olxo‘ri, uzum, anor, behi, jiyda va tut kabi 7 turdagi daraxt ko‘chatlari ekilgan. Shuningdek, viloyat bo‘ylab 5 ming gektardan ortiq ariq va kollektor atroflariga 4,5 millionga yaqin yangi nihollar o‘tqazilib, yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Seminar doirasida kuzgi daraxt ekish ishlarida olcha (achchiq gilos), behi, anor, jiyda va boshqa hosildor daraxt turlarini ekish tavsiya etildi. Shu bilan birga, sifatli urug‘lik va ko‘chat tanlash, parvarishlash, suv tejovchi usullarda sug‘orish hamda zararli organizmlardan himoya qilish yuzasidan tushunchalar berilib, kuz oyining oxirlarida to‘qsonbosti ekinlar sifatida sarimsoqpiyoz (chesnok), piyoz, sabzi, turp, qizil lavlagi, ko‘katlar va boshqa ekinlar ekish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar bejizga Quva tumanida o‘tkazilmadi. Tumandagi Guliston, Qoraqum, Yangichek MFYlar aholisi yillar davomida ko‘chat yetishtirish sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, hozirgi kunda 1327 gektardan ziyod yer maydonda ko‘chat yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘ygan. Yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan ko‘chatlar nafaqat tuman, balki butun Respublika bo‘ylab yetkazib berilayotgani ham e’tiborga molik. Shu boisdan, mazkur qishloqda o‘tkazilgan seminar ishtirokchilari uchun tajriba almashish, ilg‘or usullarni o‘rganish va amaliyotda tatbiq etish imkoniyatini yaratdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz