Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
41
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...
362025-03-26 21:06

Bo’sh turgan uyingizdan daromad olmoqchimisiz.

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2082891167921995.jpg
«Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli qaroriga asosan reestriga kiritiladi. Mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar egalari ular Reyestrga kiritilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladilar. Reestrga kiritish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin bo’ladi. Reestrga kiritish uchun jismoniy yoki yuridik shaxs bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari bo’lishlari shart bo’ladi. Vakolatli Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan 5 ish kuni davomida ko’rib chiqilib, mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarning faoliyati ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan ko‘chirma berish yo‘li bilan tashkil etiladi. Mehmon uylari xizmatlari mehmon uyini tashkil etish uchun yaroqli turar joy binosiga ega bo‘lgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatiladi. Xostel, o‘tovli va chodirli oromgohlarda tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatiladi. Mehmon uylari xizmatlarini ko‘rsatish oilaviy tadbirkorlik subyektlari shaklida tashkil etilganda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) uchun to‘lovlar aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida to‘lanadi. Quva tumani Adliya bo‘limi Quva tumani Davlat xizmatlari markazi Bosh mutaxassisi S.Turdiyeva

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz