Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
210
31
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1512025-04-29 14:51

OQ XALATLILAR – FAQAT SHIFOKOR EMAS, ZEHN EGALARI HAM!

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2086374775437930.jpg
Toshloq tumanidagi shifokorlar "Zakovat" intellektual o‘yinida bilim bellashuvi o‘tkazishdi. Toshloq tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikalarda faoliyat ko‘rsatuvchilar bu gal faqat shifo emas, balki zehni ham ishga soldilar. Oq xalatlilar ushbu gal ampula yoki stetoskop bilan emas, aql va bilim bilan bellashishdi! "Zakovat" intellektual o‘yini shifokorlar jamoasi hayotiga yangi ruh, yangi kayfiyat va ilhom olib kirdi. Shifokor va hamshiralardan iborat jamoalar tibbiy bilimdan tashqari, tarix, adabiyot, madaniyat, fan va mantiqiy savollarga javob berishda o‘z aql-zakovatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jamoalar o‘rtasidagi raqobat haqiqiy shaxsiy rivojlanish, jamoaviy hamkorlik va ijodiy tafakkur namoyishiga aylandi. Gʻolib jamoalar sovg‘alar va e’tiroflar bilan taqdirlandi. Eng muhimi – shifokorlar kundalik mas’uliyatli mehnatlari orasida ma’naviy hordiq chiqarish va bir oz kulish, bir oz fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tashkilotchilar ta’kidlashicha: “Zakovat” shunchaki o‘yin emas – u aqlni charxlaydi, jamoani birlashtiradi, va eng muhimi, har bir ishtirokchiga: “Men faqat ishlamayman, o‘ylayman ham!” degan hisni baxsh etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz